5 yilda ilk bor Xalqaro Matematika olimpiadasida maktab oʻquvchisi gʻolib boʻldi

20:17 23 Iyul 2021 Jamiyat
644 0

Eng nufuzli olimpiadalar sirasiga kiruvchi 62-Xalqaro Matematika olimpiadasi (IMO) natijalari eʼlon qilindi.

Yakuniy natijalarga koʻra,

Diyorbek Tolipov — Buxoro viloyati 5-IDUM oʻquvchisi kumush medal;

Olimjon Olimov — Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi bronza medalni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek Buxoro viloyati Xalqaro matematika maktabi oʻquvchisi Doniyor Ismoilov imtiyozli diplomni qoʻlga kiritdi.

Bu yilgi olimpiada 14-24-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasi tomonidan tashkillashtirildi. Unda dunyoning 110 davlatidan 623 nafar oʻquvchilar ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?