422 ta Hukumat qarori bekor qilindi

13:14 25 Iyul 2022 Siyosat
1571 0

Foto: Arxiv surat

“Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (396-son, 21.07.2022-y.) qabul qilindi.

Qaror bilan normativ-huquqiy hujjatlarni “tartibga soluvchi gilyotina” usuli orqali tizimlashtirish natijasida 422 ta Hukumat qarori oʻz kuchini yoʻqotdi.

Oʻz kuchini yoʻqotgan hujjatlarning 90 foizi (331 ta)ni yaxlit qarorlar, 10 foizi (91 ta)ni esa hujjatlarning ayrim bandlari tashkil qiladi.

Mazkur hujjatlarning bekor qilinishiga quyidagilar asos boʻldi:

— keyinroq qabul qilingan hujjatlar bilan bir xil normalarning mavjudligi;

— normalarning keyinroq qabul qilingan hujjatlar normalariga zid kelib qolganligi;

— qarorlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan hujjatlarining bekor qilinganligi natijasida oʻz dolzarbligini yoʻqotganligi;

— qarorlar bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan boshqa qarorlarning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganligi;

— qarorlarda belgilangan bir martalik, vaqtinchalik bajarilishi lozim boʻlgan topshiriqlarning ijrosi taʼminlanganligi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?