38 mlrd. dollar kapitalga ega korporatsiya Ohangaronda zavod quradi

18:39 29 Noyabr 2021 Jamiyat
733 0

Ohangaron tumanining “Qiziloy” MFY hududida “Toshkent conch cement” MCHJ tomonidan sement ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Kuni kecha mazkur loyihaga rasman start berilib, yangi sement zavodi qurilishiga tamal toshi qoʻyildi.

Koʻtarinki ruhda tashkil etilgan ushbu tadbirda xitoylik hamkorlar, tuman hokimi Abdurasul Abdullayev, tuman prokurori, 2-sektor rahbari Iqboljon Qambarov, quruvchilar, mahalla ahli hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda xorijlik hamkorlar hamda tuman hokimi A.Abdullayev soʻzga chiqib, barchani ushbu yirik loyihaning ochilishi bilan samimiy qutladi.

Shundan soʻng, yangi loyihaga tamal toshi qoʻyildi.

Tantanali marosimning badiiy qismida esa el ardogʻidagi sanʼatkorlar ishtirokida katta konsert dasturi namoyish etildi.

Loyiha haqida maʼlumot: “Sement” ishlab chiqarish loyihasiga Ohangaron tumanining “Qiziloy” MFY hududidan karyer uchun 183,3 gektar, zavod qurilishi uchun esa 34,2 gektar yer maydoni ajratib berildi. Loyihaning umumiy qiymati 200,0 mln. AQSH dollari (toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy nvestitsiya) boʻlib, loyiha ishga tushgandan keyin, 400 nafar yangi doimiy ish oʻrinlari tashkil etiladi. Zavod yiliga 2,5 mln. tonna sement mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Tashabbuskorning xorijiy hamkori Xitoy davlatining “Anhui Conch Group Co.Ltd” korxonasi tomonidan 16,7 mln. AQSH dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb etildi. Buning natijadsida 40 dan ortiq maxsus texnikalar va asbob uskunalar olib kelindi. Bugungi kunda korxona qurilishi davom etmoqda. Zavod 2023-yilning 1-yarim yilligida ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.

Xorijiy hamkor – “CONCH” korporatsiyasi haqida maʼlumot: “CONCH” korporatsiyasi 1996-yilda tashkil etilgan boʻlib, u XXRda sement ishlab chiqarish boʻyicha yetakchilardan biri boʻlgan davlat kompaniyasi hisoblanadi. “CONCH” korporatsiyasiga ikkita kompaniya – “CONCH” sement va “CONCH” profeli kiradi.

“CONCH” korporatsiyasining 500 dan ortiq shoʻba korxonalari mavjud boʻlib, ular Xitoy Xalq Respublikasining 24 ta provinsiyasi va avtonom rayonlarida, shuningdek, 20 ta xorijiy mamlakatlarda, jumladan, Indoneziya, Laos, Myanma, Kambodja va Oʻzbekistonda faoliyat olib boradi.

“CONCH” korporatsiyasining foliyati koʻp tarmoqli boʻlib, sement, kimyoviy materiallar, chiqindilarni qayta ishlash, yuk tashish, qurilish sohasi kabi koʻplab yoʻnalishlarda foaliyat olib boradi. Korporatsiyaning kapitali 37,9 mlrd. AQSH dollaridan oshadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?