369 ta tadbirkorlik subyektining soliq hisobotlari toʻgʻrilandi

10:06 29 Sentyabr 2020 Iqtisodiyot
302 0

Butun dunyoda kuzatilayotgan pandemiya davrida tadbirkorlar muammolarini muntazam ravishda oʻrganib borish va hal etishga koʻmaklashish har qachongidan ham dolzarb ahamiyatga ega. Ayni shu maqsadda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Soliq idorasi — tadbirkorga koʻmakchi” loyihasi doirasida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining muammolari bartaraf etilmoqda, deyiladi boshqarma matbuot xizmati xabarida. Xususan, joriy yil sentyabr oyining 22 kuni davomida 369 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq hisobotlarini taqdim etishda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi. Natijada davlat byudjetiga 42,6 mlrd. soʻmlik soliqlar hisoblanmasdan qolgan.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu kamchiliklar oʻrganib chiqilib, tadbirkorlik subyektlariga hech qanday jazo choralari qoʻllanmasdan qayta hisobot topshirishlariga koʻmaklashildi. Jumladan, poytaxtimizning Sergeli tumanida roʻyxatdan oʻtgan “G/R/M” korxonasi (korxona nomi oʻzgartirilgan) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar oʻrganilganda, 2020-yil iyul oyi uchun taqdim etilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotida elektron ravishda shakllantiriladigan hisob-varaq fakturalar hisobot davridan keyin rasmiylashtirilishi natijasida 1 274,2 mln. soʻm tafovut aniqlangan.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi xodimlarining koʻmagi bilan joriy yilning 14-sentyabr kuni qayta hisobot topshirildi. Natijada, korxonaga hech qanday chora koʻrilmasdan qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha toʻlanmay qolgan 1 274,2 mln.soʻm davlat byudjetiga yoʻnaltirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?