“33 million inson hayotdan koʻz yumishi mumkin” — Mutaxassislar yangi pandemiya xavfidan ogohlantirmoqda

23:39 18 Noyabr 2021 Dunyo
2349 0

Foto: 9111.ru

1918-yildagiga oʻxshash yangi gripp pandemiyasi “COVID-19” pandemiyasidan koʻra halokatli boʻlishi mumkin. Xuddi shunday taxminlarni Amerikalik olimlar aytishmoqda.

“Dunyo bunga tayyor emas. Bizda zamonaviy vaksinalar yoʻq. Oʻrta va past daromadli mamlakatlar esa boy mamlakatlarga qarab, kamdan-kam vaksina ishlab chiqaradi. Hozirgi sharoitda gripp virusining agressiv shtammidan kelib chiqqan pandemiya 33 million kishining hayotiga zomin boʻlishi mumkin”, deyiladi manbada.

1918-1920-yillardagi “ispan grippi” pandemiyasi dunyo aholisining uchdan bir qismini qamrab olgan edi. Oʻshanda turli manbalarga koʻra 50-100 milliongacha odam hayotdan koʻz yumgan.

“Bugun, oradan bir asr oʻtib, tibbiy taraqqiyotga qaramay biz uning shunga oʻxshash pandemiya takrorlanishiga tayyor emasmiz. U «COVID-19”dan ham halokatliroq boʻlishi va 30 milliondan ortiq odamning umriga zomin boʻlishi mumkin», deyiladi AQSH Milliy Tibbiyot fanlari akademiyasi mutaxassislari hisobotida.

Hisobotda aytilishicha, past va oʻrta daromadli mamlakatlar yangi avlod vaksinalarini ishlab chiqish va bu boradagi salohiyatni oshirishni hozirdan boshlanishi kerak. Shunda ular boy mamlakatlarga qaram boʻlmasdan oʻz vaksinalarini ishlab chiqara oladilar. Hukumatlar bunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni ragʻbatlantirishi kerak.

Olimlarning taʼkidlashicha, “COVID-19” pandemiyasi koʻplab muammolarni keltirib chiqardi.

“Biroq, bu epidemiologik nuqtayi nazardan, «COVID-19” butun dunyo boʻylab kamida 50 million odamning hayotiga zomin boʻlgan 1918-20 yillardagi “ispan grippi” kabi pandemiya kabi eng yomon ssenariyni anglatmaydi», deyiladi hisobotda.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, yiliga oʻrtacha 290 dan 650 minggacha odam grippdan vafot etadi. “COVID-19” ikki yil ichida dunyo boʻylab 5,1 million kishining oʻlimiga sabab boʻldi.

Olimlar yangi gripp pandemiyasi qachon boshlanishini aniq aytishmagan boʻlsada, ammo u, albatta, yuz berishiga ishonishlarini bildirishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?