32-Xalqaro biologiya olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritdi

21:21 23 Iyul 2021 Jamiyat
892 0

Ayni damda oʻquvchilarimiz nufuzli xalqaro olimpiadalarda Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda. Yaqinda 32-Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO) natijalari eʼlon qilindi.

Ushbu xalqaro biologiya olimpiadada oʻzbekistonlik oʻquvchilar 2 ta oltin, 1 ta kumush medallarini qoʻlga kiritdi.

Humoyun Norbekov -JDPI akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi- oltin medal;

Aziza Abduvaliyeva -TPTI akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchisi-oltin medal;

Yorqinbek Turdiboyev -Navoiy viloyati 11-IDUM oʻquvchisi-kumush medal.

Olimpiada 18-23-iyul kunlari Portugaliya davlati tomonidan tashkil etilib, unda dunyoning 76 davlatidan 304 nafar iqtidorli oʻquvchi ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?