32 yil uyda oʻtirgan yigit ilk bor koʻchaga chiqdi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Izboskan tumanidagi “Qashqar” mahallasi “Sanʼat” koʻchasida istiqomat qiluvchi Jahongir Oʻsarovning yoshi 32 da. Ruhiy kasallik bilan tugʻilganligi sababli oʻzgalar koʻmagiga muhtoj. Shu bois ortda qolgan yillar davomida ostona xatlab koʻchaga chiqmagan. Yaxshiyamki, mahallalarga ijtimoiy xodimlar biriktirilgan.
— Har bir xonadonda boʻlib, eʼtiborga muhtoj fuqarolarning hayotini oʻrgandik, — deydi mahallaga biriktirilgan ijtimoiy xodim Saidislomxon Saidahmedov. — Birinchi guruh nogironi Jahongir Oʻsarovni bir joyda yotishi, yaqinlari koʻmagisiz hech nima qila olmasligini koʻrib, birinchi navbatda, salomatligini nazoratdan oʻtkazdik. Uning jismoniy va aqliy imkoniyatlarini hisobga olgan holda jamiyatda oʻz oʻrni boʻlishi kerak, degan xulosaga keldik. Hozircha, nogironlik aravasi bilan taʼminladik. Shundan soʻng u ilk bor koʻchaga chiqdi. Oʻzi yashayotgan manzilni, qoʻshnilarni koʻrdi. Undagi quvonch, xursandchilik ruhiyatiga oz boʻlsada, ijobiy taʼsir koʻrsatganidan xursandmiz.
Ushbu mahallada yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning har biri bilan yakka tartibda ish olib borilmoqda. Joriy yilning shu davriga qadar ularning 21 nafariga reabilitatsiya texnik vositalari tarqatildi. 14 nafariga protez ortopedik moslamalar yetkazib berildi. Kelgusida ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yoʻnaltirish kabi loyihalar ustida ishlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring