319,7 mln. soʻmni oʻzlashtirgan rahbar oʻrinbosarining kirdikorlari fosh etildi

14:15 29 Noyabr 2021 Jamiyat
620 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M-S.” MCHJ rahbari oʻrinbosari B.I. va boshqalar oldindan til biriktirib, 2021-yilning mart-oktyabr oylarida MCHJning 319,7 mln. soʻm pul mablagʻini bank plastik kartasiga oʻtkazib, oʻzlarining manfaatlari yoʻlida sarflab, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?