31-maydan chet elga ketadigan talabalar, yozuvchilar va jurnalistlar koronavirusga qarshi emlanadi

17:02 31 May 2021 Jamiyat
824 0

Koronavirusga qarshi vaksinaning keyingi bosqichlari uchun emlash ishlari qachondan boshlanishi va bu roʻyxatga kimlar kirishi maʼlum qilindi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova maʼlumot berdi.

“Dastavval, koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 65 yoshdan yuqori insonlar, tibbiyot xodimlari, maktab oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim muassasa tarbiyalovchilari hamda surunkali xastaliklar kuzatiladigan insonlar orasida olib borilayotgan edi”, deydi N.Toirova.

Joriy yilning 31-may kunidan boshlab, bu roʻyxatga:

Chet elga oʻqishga boradigan talabalar;

ommaviy axborot vositalari (jurnalistlar, blogerlar);

yozuvchilar;

teleradiokompaniyada xizmat qiluvchi xodimlari qoʻshildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?