31-dekabr kuni ayrim hududlarda qor yogʻishi mumkin

Foto: Illustrativ surat
“Oʻzgidromet” markazining prognoziga koʻra, Oʻzbekistonning ayrim hududlarida Yangi yil kechasi qor yogʻishi mumkin.
Oʻzbekistonning aksariyat qismida Yangi yil bayrami kechasida qor yogʻishi mumkinligi haqida Oʻzgidromet markazi direktori Sherzod Habibullayev ham maʼlum qildi.
“Oʻzgidromet” maʼlumotiga koʻra, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 31-dekabr kuni kechga tomon baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik boʻladi. Xususan, yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin. Harorat kunduzi +2…+7 daraja, kechasi 0…+5 daraja boʻladi.
1-yanvar kuni esa Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi −1…+6 daraja, kechasi 0…+5 daraja boʻladi.
Statistika boʻyicha, 31-dekabr kuni Toshkentda yogʻingarchilik oʻrtacha 4−5 yilda 1-marta, 1-yanvar kuni esa 2−3 yilda 1-marta yogʻadi. Biroq, har doim ham bu yogʻingarchiliklar qor shaklida boʻlmaydi. Yangi yil kechasida qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik juda kamdan kam hollarda kuzatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring