30-sentyabrda Oʻzbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

01:18 30 Sentyabr 2021 Jamiyat
339 0

Arxiv surat

Oʻzgidromet bugun, 30-sentyabr kuni mamlakatimizda qanday ob-havo kutilayotgani haqida maʼlumot berdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 17-22° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 20-25° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° boʻladi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-15°, kunduzi 24-26° boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, Toshkent viloyatining togʻli hududlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?