3 ta hududda qurilish va taʼmirlashdagi talon-torojliklar aniqlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “X.b.» MCHJ rahbari M.J. viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasida amalga oshirilgan joriy taʼmirlash ishlari boʻyicha 3 ta shartnoma boʻyicha toʻlovga taqdim etilgan hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish yoʻli bilan 361,6 mln soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Departament hamda DXXning Izboskan tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.B.” koʻp tarmoqli qurilish taʼmirlash korxonasi rahbari Sh.R. «Ya.b.» IK masʼul shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida amalga oshirilgan taʼmirlash ishlari boʻyicha toʻlov hujjatlariga amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 309,5 mln soʻmni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Termiz shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “F.S.» MCHJ rahbari X.A. shahar Xalq taʼlimi boʻlim mudiri O.S. bilan oldindan til biriktirib, hududdagi umumiy oʻrta taʼlim maktabida taʼmirlash ishlarini toʻliq bajarmasdan turib, amalda bajarilmagan ishlarni qoʻshib yozish orqali 247,1 mln soʻmni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring