3-oktabrda Oʻzbekistonda qanday ob-havo kutilyapti?

08:00 03 Oktyabr 2021 Jamiyat
497 0

Oʻzgidromet bugun, 3-oktabr kuni mamlakatimizda qanday ob-havo kutilayotgani haqida maʼlumot berdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 3-oktabrda 12-17° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 3-oktabrda 13-18° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 3-oktabrda 12-17° iliqgacha koʻtariladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-oktabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 18-23° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, 3-oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Harorat 3-oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 3-oktabrda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, baland togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat 3-oktabrda kechasi 5-10° iliq kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?