3-9-oktyabr kunlari mamlakatimizda “Keksalar haftaligi” boʻlib oʻtadi

12:47 03 Oktyabr 2022 Jamiyat
581 0

Foto: Arxiv surat

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-sentyabrdagi tegishli bayoniga asosan, joriy yilning 3-9-oktyabr kunlari “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati bergan maʼlumotiga koʻra, yurtimizdagi barcha mahallalarda nuroniylar, shu jumladan, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar, xayriya tadbirlari, jumladan, nuroniy va yoshlar uchrashuvlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?