27 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortildi, 8 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatildi — Oliy sud

30-noyabr kuni Oliy sudda “Odil sudlovni taʼminlash – Oʻzbekistonni korrupsiyadan xoli hududga aylantirishning muhim omili” mavzuyida oʻtkazilgan konferensiya davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori oʻrinbosari ayrim sudyalar tomonidan Sudyalarning odob-axloq kodeksi talablarini buzganlik va gʻayriqonuniy xatti-harakatlari sodir etganliklari holatlarini qayd etdi.
Faqat holatlar aytilib, koʻrilgan choralar haqida gapirilmaganligi sababli, bu masala tushunmovchiliklar keltirib, qator ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab boʻldi.
Shu oʻrinda joriy yilning 11 oyi mobaynida haqiqatdan ham oʻz faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 27 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortilganligi, shuningdek 8 nafar sudyaning vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi maʼlum qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring