27-28-oktyabr kunlari Samarqand shahrida ilk bor MDH Parlamentlararo Assambleyasi kuzgi sessiyasi tadbirlari boʻlib oʻtadi

16:29 25 Oktyabr 2022 Siyosat
593 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Senat axborot xizmati rahbari Hojiakbar Toʻlaganov maʼlum qildi.

27-oktyabr kuni Samarqandda dastlab Assambleyaning madaniyat, axborot, turizm va sport boʻyicha, qishloq xoʻjaligi siyosati, tabiiy resurslar va ekologiya boʻyicha, hamda siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik boʻyicha 3 ta doimiy komissiyalarining majlislari boʻlib oʻtadi.

28-oktyabr kuni MDHga aʼzo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasining 54-yalpi majlisi boʻlib oʻtadi.

Parlament aʼzolari saylov, referendum va ularni kuzatish toʻgʻrisidagi namunaviy qonunlarning katta blokini koʻrib chiqishi rejalashtirilgan. Shuningdek, deputatlar va senatorlarga bir qator boshqa qonun loyihalari ham hamdoʻstlik davlatlari keyinchalik milliy qonunchilikda foydalanishlari uchun kiritiladi.

Assambleya ishtirokchi davlatlari – Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston parlament delegatsiyalaridan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?