2428 ta qurilish obyektida sinov ishlari amalga oshirilmaganligi aniqlangan

19:38 24 Noyabr 2021 Jamiyat
294 0

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan kapital qurilish tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlarining ijrosiga bagʻishlangan brifing boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-fevraldagi qarori bilan “Qurilish sohasida tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi vaqtinchalik Nizom tasdiqlandi.

Davlat buyurtmachilarining hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravaridan ortiq boʻlgan tanlov hamda tenderlar “tender.mc.uz” elektron portali orqali amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida mazkur elektron platformada oʻtkazilgan davlat xaridlari natijasida 980 mlrd.soʻmdan ortiq byudjet mablagʻlari iqtisod qilinishiga erishildi.

Qurilish-montaj ishlari ustidan nazorat oʻrnatish, obyektlarni foydalanishga qabul qilish jarayonlarida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida 2020-yil 1-apreldan boshlab, davlat qurilish nazoratining takomillashgan yangi tartibi ishlab chiqildi. Shuningdek, “Qurilishdagi nazorat” tizimi ishga tushirilib, respublika boʻyicha 32800 nafar foydalanuvchi nazorat faoliyatini yuritmoqda.

Joriy yilning 6 oyi davomida Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan 8161 ta qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnomalar yuzasidan 3974 ta obyektda buyurtmachilar hududiy inspeksiyalarni xabardor qilmasdan qurilish-montaj ishlarini boshlab yuborgani aniqlangan. 

Shu bilan birga, 7833 ta qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha 2928 ta obyekt foydalanishga tayyor holda emasligi, 2428 ta obyektda sinov ishlari amalga oshirilmaganligi hamda 5356 ta obyektda qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilmaganligi maʼlum boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?