24-yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida “Onlayn” faoliyat olib boradi — Xalq taʼlimi vazirligi

Arxiv surat
Koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar oʻrtasida tarqalish xavfini oldini olish hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining takliflaridan kelib chiqib 24-yanvardan boshlab maktablardagi taʼlim jarayoni bir oy muddat davomida “onlayn” shaklda olib boriladi.
Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar bermoqda.
“Masofaviy shaklda oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari hamda «Onlayn maktab” telegram kanali orqali berib boriladi. “Onlayn maktab” loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda “Onlayn maktab” telegram kanali orqali eʼlon qilib boriladi.
Fursatdan foydalanib, Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va sogʻligini taʼminlagan holda “Onlayn maktab” loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini soʻraydi.
Shu oʻrinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yoʻli bu vaksinatsiya, shu bois sizlardan oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni soʻrab qolamiz», deyiladi vazirlik bayonotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
- Aholining naqd pulga boʻlgan talabini toʻliq qondirish uchun barcha imkoniyat va zaxiralar mavjud — Markaziy bank
- Peruda ayol oʻzining dafn marosimida qayta tirildi
- Oziq-ovqat allergiyasidan koʻproq bolalar aziyat chekadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring