230 mingdan ziyod aliment oluvchilarning plastik kartochkalari tayyorlanib, oʻz egalariga yetkaziladi

17:19 01 Mart 2021 Jamiyat
724 0

Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida “Aloqabank” mutasaddilari maʼlum qildi:

— 2021-yil 1-martdan boshlab aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi yoʻlga qoʻyiladi, aliment majburiyatlari boʻyicha alohida bank hisob-varagʻi bilan integratsiya qilinadi.

Bunday amaliyot aliment mablagʻlarining undiruvchilarga oʻz vaqtida tezkor ravishda yetkazilishini taʼminlaydi. Shuningdek, alimentlarni yetkazishdagi pochta xarajatlari tejalib, aliment pullarining hech qanday chegirmalarsiz toʻliq olinishiga zamin yaratadi.

Eng muhimi, almentlarning oyma-oy toʻlab borilishini onlayn nazorat qilish imkoni yaratiladi.

Hozirda Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan taqdim etilayotgan hujjatlarga koʻra, 230 mingdan ortiq aliment oluvchi fuqarolarning plastik kartochkalari tayyorlanib, tez fursatlarda oʻz egalariga yetkazib berilishi taʼminlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?