23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi

22:20 12 Yanvar 2021 Dunyo
4833 0

Kanadaning Markxem shahrida yashovchi 23 yoshli Menxaz Zamon yolgʻonlarini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi. Bu haqda Sun nashri xabar berdi.

Bangladeshdan Kanadaga koʻchib oʻtgan ota-ona farzandlaridan faxrlanardi. Chunki ular oʻgʻli nufuzli oliy oʻquv yurtida muhandislik yoʻnalishida taʼlim olayotgani va uni yorqin kelajak kutayotganiga ishonchlari komil edi.

Aslida esa Menxaz hech qayerda oʻqimas, kunini kompyuter oʻyinlari bilan oʻtkazardi. U universitetga kira olmaganidan soʻng, mahalliy kollejga qabul qilingandi. Keyinchalik oʻqishni uddalay olmagani uchun bu yerdan ham haydalgandi. Ammo bu haqda ota-onasiga hech narsa aytmaydi. Aksincha bir necha yil davomida har kuni ertalab qoʻlida noutbuk bilan uydan chiqib ketar, kechqurun qaytib kelardi.

Ammo misi chiqadigan kuni tobora yaqinlashardi. Shunda u qabih rejasini tuzadi. Diplom topshirish kunidan bir kun oldin yaqinlarini yoʻqotishni maqsad qiladi. Oʻsha kuni kunduzi soat taxminan uchlarda uyida otasi va singlisi boʻlmagan paytdan foydalanib, dam olayotgan onasini oʻldiradi. Oradan qariyb bir soat oʻtib buvisini yoʻq qiladi. Kechqurun esa ishdan kelgan singlisini, yarim tunda uyga qaytgan otasini umriga zomin boʻladi.

Shundan soʻng internetdagi doʻstlariga aloqaga chiqib, butun oilasini oʻldirganini aytadi. Oʻrtoqlari esa bunga ishonishmagach, jasadlar va qonga belangan pichoq aks etgan selfi rasmini ularga yuboradi. Onlayn-oʻyin boʻyicha sheriklari ushbu voqea boʻyicha darrov huquq-tartibot organlariga xabar berishadi. Ammo doʻstlar jinoyatchini faqatgina taxallus(nik)i orqali bilishardi.

Politsiyachilar esa ertasi kuni internet orqali qotil manzilini aniqlab, uning uyiga yetib borishadi. Zamon oʻsha paytda yaqinlarining murdalari bilan birga edi.

Toʻrt kishini oʻldirgani uchun 23 yoshli yigit butun umrga, dastlabki 40 yilda afv etilish huquqisiz qamaldi.

Sudda u oilasini bilgan barchadan kechirim soʻragan.  

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?