23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi mezbonligi Oʻzbekistonga berildi

16:18 18 Mart 2021 Sport
2440 0

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) 2022-yilgi U-23 Osiyo chempionati Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadi. Bugun OFK tegishli tashkiloti xuddi shunday qaror qabul qilganini rasman bildirdi.

Ushbu musobaqa ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida oʻtkazilmoqda. Nufuzli musobaqa 2022-yilning 6 — 25-sentyabr kunlari tashkil etiladi.

U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari 2021-yilning 23-31-oktyabr kunlari oraligʻida markazlashgan holda oʻtkaziladi. Qaysi guruh oʻyinlari qaysi davlatda oʻtishi keyinroq maʼlum qilinadi.

Oʻzbekiston 2020-yilgi U-19 Osiyo chempionatini oʻtkazishi kerak edi va unga tayyorgarlik koʻrayotgandi. Pandemiya tufayli ushbu musobaqa bekor qilindi.

Bundan tashqari, pandemiya tufayli joriy yil Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionati ham bekor qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?