225 ming dollar! Qibray hokimligining sobiq mulozimlari jinoyat ustida ushlandi

09:41 21 Avgust 2021 Jamiyat
1559 0

17-avgust kuni fuqaro N. Yakubova IIVga ariza bilan murojaat qilib, Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi «Abdurashid» va “Orif” ismli shaxslar hokimiyat tomonidan ularga 49 yilga ijaraga berilgan 7 gektar yerni sotib, hokimiyatda ishlovchi tanishlari orqali Ya.N.ni nomiga rasmiylashtirib berishga vaʼda bergan va buning uchun 225 ming AQSH dollari berishini talab qilayotganliklarini maʼlum qilgan.

IIV JQBB KvaIJQKB xabariga koʻra, 18-avgust kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirda poytaxtning Yunusobod tumani 19-mavzesidagi “Qariyalar oromgohi” oldida A.O. ariza muallifi N.Yakubovadan talab qilingan pulning 5 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Surishtiruvda aniqlanishicha, A.O. bu pullarni yer egasi T.R.ga berishi kerak boʻlgan. Tezkor tadbir davom ettirilib, 19-avgust kuni 2011-2018-yillar Qibray tumani hokimiyatida masʼul lavozimlarda ishlagan T.R. va A.M.lar Toshkent viloyati, Qibray tumani, Oʻtkir mahallasida A.O.dan 5 ming dollarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Holat boʻyicha, 19-avgust kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?