21 nafar afv etilgan buxoroliklarning muammolari oʻrganildi

Foto: IIV Axborot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy 2022-yilning 7-dekabr kunidagi “Afv” farmoniga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 13 nafar Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan hamda 8 nafar hududiy Ichki ishlar organlarining Probatsiya xizmati nazorati ostida turgan buxorolik mahkumlar ham jazodan ozod etildi.
Ushbu shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashishi, foydali mehnat bilan shugʻullanishi, sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyib, jamiyatda munosib oʻrin topishiga koʻmaklashish maqsadida hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va tegishli tashkilotlar tomonidan zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Jumladan, bugun 15-dekabr kuni Buxoro viloyati sektor rahbarlari hamda DXX viloyat boshqarmasi boshligʻi hamda viloyat hokimi oʻrinbosari va boshqa mutasaddilar ishtirokida viloyat 3-sektor shtabi binosida afv etilgan fuqarolar bilan uchrashib, ularni uy-joy va ish bilan taʼminlash, salomatligini tiklash hamda boshqa mavjud muammolarini hal etish borasida yuzma-yuz muloqot qildilar.
Uchrashuv davomida ularning kelgusidagi maqsad va rejalari oʻrganilib, bildirgan muammoli masalalari boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi va mutasaddilarga manzilli topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Hanjou-2022: Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi yarim finalda!
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring