207 ta saylov uchastkasiga 414 ta videokuzatuv kameralari oʻrnatildi

11:37 23 Oktyabr 2021 Jamiyat
142 0

MSK Matbuot markazida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjuman savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.

Unda vazir saylov uchastkalarining elektron interaktiv xaritasini shakllantirish va saylovchilarning saylov uchastkalari boʻyicha taqsimlash uchun saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi Kadastr agentligining maʼlumotlar bazasi bilan bevosita integratsiya qilingani haqida ham aytib oʻtdi.

— Saylov jarayonlarining shaffof va oshkora oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga asosan 207 ta saylov uchastkalariga 414 ta videokuzatuv kameralari oʻrnatildi, — dedi vazir.

Rahim SHERQULOV.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?