2032-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari mezboni aniqlandi
Tokio shahrida start olayotgan XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlaridan avval Xalqaro Olimpiya qoʻmitasining 138-Sessiyasi oʻz ishini olib bormoqda. Biroz avval unda 2032-yilgi XXXV yozgi Olimpiya oʻyinlarining mezbon shahri maʼlum qilindi.
Delegatlarning koʻp sonli ovozi bilan Avstraliyaning Brisben shahri 2032-yil boʻlib oʻtadigan XXXV yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini qabul qiladigan boʻldi. Bu yoʻlda Indoneziya, Hindiston va Qatar kabi davlatlarning shaharlari raqobat olib borishdi.
Eslatib oʻtamiz, Avstraliya oʻz tarixida bungacha 2 bor (Melburn-1956 va Sidney-2000) Olimpiya oʻyinlarini qabul qilgan. Tokio va Brisben shaharlari orasidagi Olimpiya oʻyinlari 2024-yil Parij va 2028-yil Los-Anjelesda boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring