2029-yilgi qishki Osiyo oʻyinlari Saudiya Arabistonida oʻtadi

Foto: Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
Osiyo Olimpiya kengashi Bosh Assambleyasi yigʻilishida onlayn tarzda ishtirok etgan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax Olimpiya oʻyinlari ketma-ket uch bor Osiyoda - 2018-yil Janubiy Koreyaning Pxyonchxan, keyin Xitoyning Pekin shaharlarida qishki, oʻtgan yil Tokioda yozgi Olimpiada tashkil etilishi Xalqaro olimpiya harakatida misli koʻrilmagan voqea boʻlganini taʼkidladi.
«Uch yil oraligʻida osiyoliklar murakkab vaziyatga qaramay, uchta Olimpiadani zoʻr muvaffaqiyat bilan oʻtkazishi qitʼadagi barcha olimpiya jamoalarining yutugʻidir, degan XOQ rahbari.
Ushbu xabarni tarqatgan “insidethegames” sayti yozishicha, navbatdagi yigʻilishda, shuningdek, 2029-yilgi qishki Osiyo oʻyinlari manzili ham eʼlon qilindi.
Maxsus taqdimot hamda delegatlar ovozi natijasida Saudiya Arabistonida hali qurib bitkazilmagan Siroat togʻ tizmasi bagʻrida joylashgan Troyen majmuasi qishki Osiyo oʻyinlari maskani sifatida tanlandi.
Aytish joiz, ushbu inshoot Fors koʻrfazidagi birinchi ochiq changʻi kurorti boʻlib, Siroat togʻi bagʻrida bunyod etilayotgan 500 milliard dollar qiymatga ega “Neom” qurilish loyihasining bir qismi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring