2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi

13:23 08 Avgust 2022 Dunyo
541 0

Foto: Albert Silver

Bir necha daqiqa avval Hindistonning Chennay shahrida Xalqaro shaxmat federatsiyasining yigʻilishida 2026-yilgi Butunjahon shaxmat Olimpiadasining mezboni ham maʼlum boʻldi.

Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan delegatlarning asosiy qismi ushbu nufuzli musobaqa Oʻzbekistonda oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatladi.

Shu tariqa, toʻrt yildan soʻng oʻtkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasiga vatanimiz mezbonlik qiladigan boʻldi. Bu borada Oʻzbekistonga Polsha va Zambiya mamlakatlari raqobat koʻrsatgandi.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilgi shaxmat Olimpiadasi Vengriya poytaxti Budapesht shahrida oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?