2024-yilgi paxta va gʻalla hosili uchun byudjetdan 10 trillion soʻmdan ziyod imtiyozli resurs ajratildi

11:27 12 Fevral 2024 Siyosat
400 0

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

2024-yilgi paxta va gʻalla hosili uchun byudjetdan 10 trillion soʻmdan ziyod imtiyozli resurs ajratildi.

Klaster, fermer va dehqonlar imtiyozli kredit olishini osonlashtirish maqsadida ochiq-oshkora platforma ishga tushdi.

Lekin 2024-yil paxtasini sotish boʻyicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning maʼlum qismi kreditlarni haligacha olmagan.

Sababi, ayrim banklar “resurs yoʻq, garov taʼminoti kerak”, degan bahonalar bilan tayyor mablagʻni bermayapti.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?