2024-yilda jami 23,8 ming nafar hunarmandlarga 44,7 mlrd soʻm subsidiya mablagʻlari ajratilishi rejalashtirilgan

14:51 09 Aprel 2024 Siyosat
544 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Respublika “Hunarmand” uyushmasi boshqarma boshligʻi Jamshid Tilyakov maʼlum qildi.

Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun subsidiyalar 5 turda tuman (shahar)larning toifasiga qarab ajratiladi:

Birinchi “Usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga shogirdlar tayyorlash, zarur xom ashyo sotib olish va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlash uchun — 6 oy davomida ajratiladi;

Ikkinchi shogirdlarga — mustaqil faoliyat boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olish uchun;

Uchinchi ustalarga — internet saytlarini yaratish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlari uchun;

Toʻrtinchi hunarmandlarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzolik badali xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha (1 700 000 soʻm);

Beshinchi Hunarmandchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan har bir ish joyi boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha ,(13 600 000) miqdorda subsidiya ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер