2024-yil davomida mast holda avtomobil boshqarish bilan bogʻliq 32 mingdan ortiq ish koʻrilgan

15:42 11 Fevral 2025 Jamiyat
156 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi 2024-yilda mast holda avtomobil boshqarish bilan bogʻliq koʻrilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Unga koʻra, oʻtgan yil davomida transport vositalarini mast holda boshqarish hamda transport vositalari haydovchilarining va yoʻl harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlashi bilan bogʻliq maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha 32 ming 999 nafar shaxsga nisbatan 32 ming 723 ta ish koʻrib tamomlangan.

Shundan 31 ming 351 nafar shaxsga nisbatan jarima, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish va maʼmuriy qamoqqa olish kabi maʼmuriy jazolar qoʻllanilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oliy majlis Senatining 2025-yil 24-yanvardagi majlisida avtomobilni takroran mast holda boshqarganlik uchun jinoiy javobgarlik koʻzda tutilgan qonun maʼqullangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?