2024-yil 1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr “metan” gazning eng baland narxi 3750 soʻm qilib belgilanmoqda

15:08 27 May 2024 Iqtisodiyot
326 0

Oʻzbekiston Energetika vazirligi joriy yilning 1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr metan gazning eng baland narxini 3750 soʻm qilib belgilanayotganini maʼlum qildi.

“25-may kuni Vazirlar Mahkamasining metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish koʻzda tutilgan qarori qabul qilingan.

Unga koʻra, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023-yil 15-sentyabrdagi 475-sonli qaror 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 soʻm qilib belgilanmoqda”, deb yozadi vazirlik oʻz telegram kanalida.

1-iyundan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak boʻlgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim oʻzgartishlar bilan amal qiladi. Avvalgi narx 2024-yil 1-aprelgacha 3250 soʻm, 1-iyungacha esa 3350 soʻm edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер