2023-yilning oʻtgan davrida umumiy qiymati 160,6 mlrd. soʻmlik 956 dona qishloq xoʻjaligi texnikasi lizingga yetkazib berildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzagrolizing” AJ axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva maʼlum qildi.
“Oʻzagrolizing” AJ tomonidan agrar sohani zamonaviy hamda arzon qishloq xoʻjaligi texnikalari bilan taʼminlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shuningdek, Respublika qishloq xoʻjaligi sohasida tashkil etilayotgan dolzarb agrotexnik tadbirlar va koʻrgazmalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Bugungi kunda Jamiyatning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda hududiy filiallar mavjud boʻlib, lizing faoliyatini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud.
Jamiyatning asosiy faoliyat turi – qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va ularga xizmat koʻrsatuvchi korxonalarga zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalarini lizing asosida yetkazib berishdan iborat boʻlib, respublika qishloq xoʻjaligiga yetkazib berilayotgan texnikalarning 75 foizi “Oʻzagrolizing” AJ hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Shu jumladan, “Oʻzagrolizing” AJ tomonidan joriy yilning oʻtgan 5 oy davomida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishamiz.
2023-yilning oʻtgan davrida 956 dona, umumiy qiymati 160,6 mlrd. soʻmlik texnikalar lizingga yetkazib berildi.
Shundan yanvar oyida 213 dona, fevral oyida 205 dona, mart oyida 249 dona, aprel oyida 191 dona, may oyining oʻzida umumiy qiymati 66,3 mlrd. soʻmlik 98 dona, turli rusumdagi qishloq xoʻjaligi texnikasi va mexanizmlari lizing asosida yetkazib berildi.
Jumladan, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalari bilan hamkorlikda, 54 dona gʻalla oʻrish kombaynlari, 39 dona haydov traktorlari, 11 dona chopiq traktorlari, 3 dona bogʻdorchilik texnikalari, 99 dona kultivatorlar, 273 dona purkagichlar, 321 dona mineral oʻgʻit sochgichlar hamda 156 dona boshqa texnika va mexanizmlar Respublika qishloq xoʻjaligi korxonalariga yetkazib berildi.
Maʼlumot oʻrnida, lizing asosida berilgan har bir oʻzi yurar texnikalarga GPS qurilmasi oʻrnatilgan boʻlib, bu orqali lizing obyektlarining texnik monitoringi amalga oshirilmoqda.
Yil yakunigacha 1 trillion soʻmlik boʻlgan texnikalarni lizing asosida yetkazib berish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Senatning qirq beshinchi yalpi majlisi 29-sentabr kuni chaqiriladi
- Chustda bogʻcha tarbiyalanuvchilari doridan zaharlanganmidi yoki... Vaziyatga aniqlik kiritilmoqda
- Hanjouda Osiyo o‘yinlariga start berildi. Ochilish marosimidan fotoreportaj
- Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti vafoti munosabati bilan taʼziya yoʻlladi
- Astraxanda VIII Kaspiy mediaforumi boʻlib oʻtdi
- Samarqand davlat universiteti — Markaziy Osiyodagi noyob oliy taʼlim dargohi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring