2023-yilgacha jamoat transportining kamida 50 foizi gaz-ballon, elektr va boshqa muqobil yoqilgʻi turlariga oʻtkaziladi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Azizjon Kalimbetov maʼlum qildi:
— 2023-yilgacha boʻlgan Atrof-muhitni muhofaza qilish Konsepsiyasi doirasida jamoat transportining kamida 50 foizini gaz-ballon yoqilgʻi, elektr va boshqa muqobil yoqilgʻi turlariga oʻtkazish belgilangan.
Joriy yilning oʻtgan davrida respublikada foydalanishdagi 3 milliondan ortiq avtotransport vositasining 60 foizi gaz yoqilgʻisida harakatlanishga moʻljallangan.
Transport vositalaridan atmosferaga tashlamalarni kamaytirish va meʼyor darajasida ekanini aniqlash maqsadida joriy yilning bahor mavsumida “Toza havo” tadbirining birinchi bosqichi oʻtkazildi.
Tadbir davomida 120 mingdan ortiq transport vositasi koʻrikdan oʻtkazilib, ularning qariyb 5 mingtasi belgilangan meʼyorlardan ortiq ekani aniqlandi va ularning 1,5 mingga yaqini vaqtincha toʻxtatilishi evaziga atmosferaga kuniga oʻrtacha 80 tonna zararli moddalar tashlanishining oldi olindi. Hozirda, tadbirning 2-bosqichi — 10-avgustdan 10-sentyabrgacha boʻlib oʻtmoqda».
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring