2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi 2023-yilning 17-yanvar sanasidan boshlab avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha avtomobillarni yetkazib berishni qayta tiklaydi.
Bundan tashqari, kompaniya 2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan xaridorlarga avtomobil narxi pasayishini maʼlum qiladi.
Avtomobil narxining pasayishi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan hamda shartnoma shartlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirgan amaldagi shartnomalarga nisbatan qoʻllaniladi.
“Hurmatli xaridorlar, shartnomangiz boʻyicha avtomobil narxining qanchaga pasayganligi haqida maʼlumot olish uchun oʻz dilerlik markazingizga murojaat qilishingizni soʻraymiz” deyiladi UzAuto Motors rasmiy xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring