2023-yilda sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari infratuzilmasi uchun 1,7 trillion soʻm yoʻnaltiriladi

18:46 10 Yanvar 2023 Siyosat
793 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

2023-yilda sanoat zonalari va yirik investitsiya loyihalari infratuzilmasi uchun 1,7 trillion soʻm yoʻnaltiriladi.

Shuningdek, “Gʻijduvon” va “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonalari hududi kengaytiriladi.

Qoraqalpogʻiston va Qashqadaryoda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasining filiallari tashkil etiladi.

Mutasaddilarga:

— 1-iyulga qadar sanoat zonalariga ajratilgan mablagʻlar hisobiga infratuzilma masalasini hal etish;

— yil yakuniga qadar sanoat zonalarida 1 ming 264 ta loyihani ishga tushirib, qoʻshimcha 3 trillion soʻmlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarishni taʼminlash topshirildi.

2023-yildan boshlab iqtisodiy rivojlanishi orqada boʻlgan 4 va 5-toifadagi 60 ta tumanga 27 ta turdagi soliq imtiyozi, subsidiya va preferensiyalar berildi.

“Bu imkoniyatdan viloyat, tuman hokimlari, investitsiya va sanoat boʻyicha hokim oʻrinbosarlari foydalanishlari kerak!” — dedi Prezidentimiz.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga hokimlar oʻrinbosarlari bilan birga:

— bir oy muddatda 60 ta tumandagi sanoat loyihalariga investitsiya jalb qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlab, ijrosini boshlash;

— yil yakuniga qadar har bir tuman boʻyicha kamida 5 tadan sanoat loyihasini ishga tushirib, ular toifasini yaxshilash topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?