2023-yil yanvar oyidan rahbar lavozimiga zaxira kadrlar vazirlik va idoralarda amaliyot oʻtash (dublyorlik) uchun yuboriladi

23:06 27 Sentyabr 2022 Jamiyat
745 0

Foto: Arxiv surat

Bugun AOKAda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida oʻtkazilgan brifingda Milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish yoʻnalishidagi ishlar haqida maʼlumot berildi.

Hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari orasidan yuqori natijalarga erishgan 1 000 nafar shaxsni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish ishlari olib borilmoqda.

Bugungacha davlat va nodavlat sektorlarida faoliyat yuritayotgan 611 nafar nomzod roʻyxati shakllantirilib, ularning kompetensiyalari Yosh rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish uchun test sinovlari va suhbat orqali baholanmoqda.

Rahbarlik lavozimlari uchun jami 970 nafar nomzod Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan.

Munosib deb topilgan nomzodlarni rahbarlik lavozimiga tayyorlash maqsadida Agentlik tomonidan Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida maxsus tayyorlash dasturi ishlab chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?