2023-yil yanvar-fevral oyida 136,5 mln dollarlik elektrotexnika mahsulotlari eksport qilindi

23:10 12 Mart 2023 Iqtisodiyot
462 0

Foto: Illustrativ surat

2023-yil yanvar-fevral oylarida elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan umumiy qiymati 136,5 mln dollardan ortiq 114 turdagi mahsulot 40 ta mamlakatga eksport qilindi.

Shundan, kabel sim mahsulotlari 89,0 mln dollar (oʻsish 135 foiz), maishiy texnika mahsulotlari 36,4 mln dollar (oʻsish 168 foiz), kuchlanish qurilmalari eksporti 11,1 mln dollar (oʻsish 132 foiz) tashkil etadi.

“GSP+” imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropa mamlakatlariga (9,7 mln.doll) ham elektrotexnika mahsulotlari eksport qilingan.

Eng koʻp mahsulotlar eksporti Turkiya, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?