“2023-yil uchun statistika dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi

Illustrativ foto
2023-yil uchun statistika dasturi:
— Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan shakllantiriladigan rasmiy statistika maʼlumotlari;
— rasmiy statistikani boshqa tayyorlovchilari tomonidan shakllantiriladigan rasmiy statistika maʼlumotlari;
— normativ va metodologik asoslarni takomillashtirish, rasmiy statistika sohasida muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish;
— rasmiy statistika maʼlumotlarini eʼlon qilish;
— ochiq statistika maʼlumotlari xalqaro almashinuvi;
— maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar bilan aloqalarni mustahkamlash va maʼmuriy maʼlumotlar sifatini yanada oshirish;
— mavjud maʼmuriy maʼlumot bazalaridan axborot tizimlari yordamida dolzarb va tezkor maʼlumotlar olish tizimini takomillashtirish hisobiga qogʻoz yoki jadval koʻrinishidagi maʼmuriy maʼlumotlardan voz kechish hamda ularni taqdim etish va qabul qilishda inson omilini qisqartirish.
Vazirlik va idoralar rahbarlari reja-jadvalga muvofiq, oʻz maʼlumotlar bazalarini Davlat statistika qoʻmitasi axborot tizimiga integratsiya qilinishiga hamda ulardagi maʼlumotlar mazmuniga, toʻliqligiga, ishonchliligiga, oʻz vaqtida shakllantirilishiga va yangilab turilishiga masʼul ekani belgilab qoʻyiladi.
Davlat statistika qoʻmitasi 2023-yildan boshlab, dastur doirasida tashkil etiladigan statistika kuzatuvlari uchun respondentlar roʻyxatini maʼmuriy maʼlumotlar asosida ular faollik holatini aniqlashtirgan holda shakllantirishni taʼminlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring