2023-yil I choragida qurilish materiallari sohasida jami 5,1 trln soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarildi

14:52 26 May 2023 Jamiyat
172 0

AOKAda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi rahbariyati va mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida 1-chorakda tizimda amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Shuningdek, 2023-yil I-choragida uyushma tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 2 trln 158,7 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, oʻtgan yilga nisbatan oʻsish 100,3 foizni tashkil etdi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-iyundagi №02/1-58-sonli topshirigʻi bilan sement mahsuloti narxining keskin oʻsib ketishini oldini olish maqsadida:

— birja savdolariga kunlik rejadagi 32 ming tonna oʻrniga 40 ming tonna sement qoʻyish taʼminlandi;

— birja savdolarida bir oy muddatga kechiktirgan holda sement yetkazib berish boʻyicha “forvard” savdo turi joriy etildi;

— birja savdolarida sotib olinadigan sementni avtomobil transportidan foydalangan holda yuklab joʻnatish muddati 2020-yilning 1-iyulidan boshlab 10 kundan 5 kungacha qisqartirildi.

Joriy yilning birinchi choragida jami 2,5 mln tonna sement ishlab chiqarilgan. Ushbu davrda birja savdolarida sotilgan 515,4 ming tonna sement isteʼmolchilarga yetkazib berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?