2023-yil 1-yanvardan MDHga raislik Qirgʻizistonga oʻtdi
Foto: Arxiv surat
Qirgʻiziston Respublikasi 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab MDHga raislikni oʻz zimmasiga oldi.
MDH Ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Hamdoʻstlik davlat rahbarlari Kengashining 2022-yil 14-oktyabrdagi qaroriga koʻra, Qirgʻiziston 2023-yil davomida MDH Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Iqtisodiy kengash, boshqa tuzilmalariga ham raislik qiladi.
Qozogʻiston (2022-yilda raislik qilgan) va Rossiya (2024-yilda raislik qiladi) hamrais boʻladi.
Prezident Sadir Japarov Ostonada boʻlib oʻtgan MDH sammitida Qirgʻizistonning 2023-yildagi raisligining ustuvor vazifalarini tanqid qilgan edi. Qirgʻiziston tomoni raislik davrida Hamdoʻstlik makonida koʻp bosqichli integratsiya tuzilmalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish orqali MDHga aʼzo davlatlar oʻrtasida bir-birining manfaatlarini oʻzaro hurmat qilishga asoslangan yaxshi qoʻshnichilik va ishonchli munosabatlarni mustahkamlashga katta eʼtibor qaratadi.
Eslatib oʻtamiz, 2022-yil 14-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan Ostona sammitida Hamdoʻstlik davlatlari rahbarlari MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi lavozimini 2023-yildan “MDH Bosh kotibi” lavozimiga oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Shuningdek, ushbu sammitda Sergey Lebedevning Hamdoʻstlik Ijroiya qoʻmitasi rahbari sifatidagi vakolatlari yana uch yilga uzaytirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring