2023-yil 1-yanvardan eʼtiboran Oʻzbekiston fuqarolari va yuridik shaxslar kripto-aktivlar bilan bogʻliq operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishadi

17:51 11 Avgust 2022 Jamiyat
341 0

Foto: Illustrativ foto

Oʻzbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasining normativ-huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Internet tarmogʻidagi axborot resurslarini monitoring qilish jarayonida Oʻzbekiston fuqarolariga kripto-aktivlar bilan savdolarni amalga oshirish va (yoki) ayirboshlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, mamlakat hududida xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan turli elektron platformalar faolligi oshib borayotgani aniqlandi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Oʻzbekiston hududida faoliyat yuritish uchun oʻrnatilgan tartibda litsenziyaga ega boʻlmagan elektron platformalar xizmatlaridan foydalanmaslikka va ehtiyot choralarini koʻrishlariga, shu jumladan, shaxsiy maʼlumotlarni sizib chiqishi natijasida maʼlumotlarning firibgarlar tomonidan foydalanishga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqiradi.

Shuningdek, kripto-aktivlar bilan bogʻliq savdolarini amalga oshirayotgan yoki xizmatlarni tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan holda yoki noqonuniy maqsadlarda, firibgarlik uchun taklif etayotgan kompaniyalar haqida maʼlumotga ega boʻlsangiz, Sizdan tegishli maʼlumotlarni fraud@napm.uz elektron manziliga yuborishingizni soʻraymiz, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?