2022/2023 oʻquv yilidan yagona maktab formasini toʻliq joriy etish bekor qilindi

Hukumat qarori bilan (558-son, 03.10.2022-y.) “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi” tasdiqlandi.
Qaror bilan 2022/2023 oʻquv yilidan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yagona maktab formasini toʻliq joriy etish talabi bekor qilindi.
Konsepsiya “Yangi Oʻzbekistonning yangi maktabi” gʻoyasi asosida maktablardagi ijtimoiy muhitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni nazarda tutadi.
Konsepsiyada belgilangan maqsadga erishish uchun, jumladan, maktablardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilashda rahbar va pedagog xodimlar, oʻquvchilar hamda ota-onalarning hamkorligi va masʼuliyatini oshirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Maktab taʼlimini umummilliy harakatga aylantirish yoʻnalishi boʻyicha quyidagi mavzu va gʻoyalar asosida ijodiy ishlar tanlovi, turkum maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbirlar tashkil qilinadi:
— “Oʻzbekiston – Vatanim manim”;
— “Davlat ramzlari – faxrim, gʻururim”;
— “Davlat tili – millat ruhi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring