2022-yilning oʻtgan davrida 2 milliondan oshiq isteʼmolchining huquq va manfaati buzilgan

11:44 09 Avgust 2022 Jamiyat
172 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Togʻayeva maʼlum qildi.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga shu vaqtga qadar isteʼmolchilardan 12 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.

Ularning 40 foizi uy-joy kommunal, qurilish va transport xizmatlariga toʻgʻri kelsa, 38 foizi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 16 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 6 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga toʻgʻri keladi.

Hozirga qadar Agentlik saʼy-harakati bilan isteʼmolchilar foydasiga 24,5 mlrd dan ortiq mablagʻ qayta hisob-kitob qilib berilgan. Qolgan mablagʻlarni isteʼmolchilarga qayta hisob-kitob qilish choralari koʻrilmoqda.

Hurmatli isteʼmolchilar, isteʼmolchilik huquqlaringiz va manfaatlaringiz buzilgan holatda Agentlikka 1159 qisqa raqami hamda www.consumer.uz veb-sayti orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?