2022-yilning birinchi yarmida davlat byudjetiga 21,5 trln soʻm bojxona toʻlovlari undirilgan. Tushumlar 6,4 trln soʻmga yoki 43 foizga oshdi

08:55 27 Iyul 2022 Jamiyat
297 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Davlat bojxona qoʻmitasi axborot xizmati rahbari v.b. Husan Tangriyev xabar berdi.

Qayd etilishicha, bojxona imtiyozlari 23,5 trln soʻmni tashkil etib, aylanma mablagʻ sifatida 12,1 mingta xoʻjalik subyektlari ixtiyorida qoldirildi. Imtiyozlar 10,2 trln soʻmga yoki 77 foizga ortdi.

Tezkor tadbirlarda:

— 562,1 kg giyohvandlik vositalari, 190 ming dona kuchli taʼsir etuvchi va 2,3 ming dona psixotrop moddalar 4,7 ming dona taqiqlangan adabiyotlar ushlab qolindi.

— 8 420 ta holatda 434 mlrd soʻmlik tovarlarning noqonuniy aylanuvi aniqlandi.

— 2,2 mln dollarga teng naqd xorijiy valyuta, 8,2 mlrd soʻmlik zargarlik buyumlari, 1 066 dona madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuviga chek qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?