2022-yilning 9 oyi davomida 473 ta kompaniya IT Park rezidentiga aylandi

Foto: Spot
IT Park rezident kompaniyalari soni bugungi kunga qadar 996 taga yetib, yil boshidan buyon 190% oʻsish koʻrsatkichiga ega boʻldi! Shu bilan birga, 736 ta kompaniya Toshkentda, 260 tasi esa viloyatlarda joylashgan.
996 ta rezident kompaniyalardan:
— 333 tasi – yangi ochilgan kompaniyalar;
— 142 tasi – xorijiy kapitalga ega kompaniyalar;
— 186 tasi – taʼlim kompaniyalari;
— 291 tasi – eksportyor-kompaniyalar, ulardan: 150 tasi – dasturchi-kompaniyalar va 141 tasi – BPO kompaniyalari.
Bundan tashqari, 119 ta kompaniya IT Park oldidagi majburiyatlarini bajarmagani uchun rezident maqomidan mahrum qilindi. Maʼlumki, rezidentlar oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyuldagi 589-son qarori talablari asosida amalga oshirishi va IT Park rezidentining faoliyat shartlari toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq majburiyatlarni bajarishi shart.
Xususan, IT Park rezidentlarining vazifalariga quyidagilar kiradi:
— Roʻyxatga muvofiq faoliyat turlaridan kelib chiqib, faqat biznes-rejada koʻrsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish;
— har chorakda IT Park Direksiyasiga oʻz faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berish;
— har yili moliya-xoʻjalik faoliyati auditini oʻtkazish va auditorlik xulosasining bir nusxasini IT Park Direksiyasiga yuborish;
— rezidentning IT Park Direksiyasi bilan ishlash shartlari toʻgʻrisidagi shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish.
Nizom talablarini buzgan rezidentlar rezident maqomidan mahrum qilinadi hamda belgilangan tartibda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga toʻlash majburiyatlari tiklangan holda soliq imtiyozlari bekor qilinadi.
Taʼkidlash joizki, taqdim etilayotgan imtiyozlar tufayli IT Park rezidentlari tomonidan qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilib, mamlakatimizda IT-mutaxassislar soni koʻpaymoqda. Shunday qilib, rezident kompaniyalarda 14590 kishi faoliyat yuritadi. Qayd etish joizki, rezident kompaniyalarda oʻtgan yilning shu davridagi xodimlar soni 8640 nafarni tashkil qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring