2022-yilda yillik quvvati 6,8 mln. tonnaga teng 7 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi axborot xizmati rahbari Jamshid Shermetov maʼlum qildi.
Hozirgi kunda respublika boʻyicha sement ishlab chiqarish quvvatlari 27,1 mln. tonnani tashkil etmoqda. Joriy yilda 1,9 mln tonna sement import qilingan. Oʻtgan 10 oyda 9,5 mln. dollarlik sement eksport qilindi. Birja savdolari orqali 6 mln 37 ming tonna sement sotilishi taʼminlandi.
2022-2023-yillarda sement ishlab chiqarish boʻyicha amalga oshiriladigan investitsion loyihalarning manzilli roʻyxatiga koʻra, Andijon viloyatida 2 ta, Jizzax viloyatida 1 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Namangan viloyatida 2 ta, Samarqandda 2 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Fargʻona viloyatida esa 2 ta yangi sement zavodlari barpo etish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring