2022-yil 9 oyida 704,9 mlrd. soʻm byudjet mablagʻlari noqonuniy va maqsadsiz sarflangan

15:07 22 Noyabr 2022 Iqtisodiyot
430 0

Bu haqda ayni daqiqalarda oʻtkazilayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, har bir vazirlik va idoralarda tashkil etilgan Ichki-audit boshqarmasi tomonidan xavflarni aniqlash va ularning oldini olish, ularning natijalarini tahlil qilish va doimiy nazorat qilish ishlari toʻgʻri tashkil etilmagan.

Buning natijasida byudjet mablagʻlarini oʻzlashtirish yoki noqonuniy sarflash holatlari kamaymasdan, yildan-yilga oshib bormoqda.

Shu sababli xalq vakillari tomonidan vazirlik va idoralarning Ichki-audit boshqarmasini qayta koʻrib chiqish, xodimlarini oʻqitish, ularning salohiyatini oshirish va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?