2021-yilning 4 oyi davomida bolalar ishtirokidagi YTH soni 25,3, ularda halok boʻlgan bolalar soni 64,5 foizga oshgan

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Erali Bozorov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, maktablarga yetaklovchi yoʻllarda piyodalar svetoforlarini chaqiruv moslamasiga oʻtqazish zarur 185 zamonaviy piyodalar oʻtish joylari yetishmaydi.
Piyodalar yoʻlakchalari tashkil etilmaganligi va yoritilmaganligi natijasida erta tongda yoki tungi vaqtlarda voyaga yetmagan piyodalarning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash imkoniyati cheklanmoqda. 2731 joyda tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyini sunʼiy yoritish zarur.
Shuningdek, maktablarda oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatish talab darajasida yoʻlga qoʻyilmagan. Hali-hanuz bu yoʻnalishda alohida darslar tashkil etilmagan. Darslar faqat boshqa fanlar hisobidan, yetarli malakaga ega boʻlmagan oʻqituvchilar tomonidan olib boriladi.
2021-yilning 4 oyi davomida bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalari soni 25,3 foizga, ularda halok boʻlgan bolalar soni 64,5 foizga oshib ketgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring