2021-yilning 1-iyulidan boshlab fuqarolarga STIR berilishi toʻxtatiladi

17:45 10 Iyun 2021 Jamiyat
190 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida Davlat soliq qoʻmitasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Komil Sayidov maʼlum qildi.

“Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yana-da qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, soliq organlari tomonidan endilikda fuqarolar va soliq toʻlovchilarning hisobini yuritish shaxsiy identifikatsiya raqami orqali amalga oshiriladi.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad — davlat organlarida fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni saqlash va foydalanishda bir xil identifikatordan foydalanish. Yaʼni, IIV pasport seriyasi, soliq organi STIR, kadastr organlari kadastr raqami bilan emas, bitta identifikator orqali kerakli maʼlumotni olishga erishish», — dedi Sayidov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?