2021-yilning 1-choragida byudjet mablagʻlarini eng koʻp noqonuniy sarflagan vazirliklar roʻyxati eʼlon qilindi

11:33 03 May 2021 Iqtisodiyot
807 0

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021-yil 1-chorakda byudjet mablagʻlarini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Hisobot davrida vazirliklar va idoralar boʻyicha qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

Xalq taʼlimi vazirligi tizimida oʻtkazilgan 248 ta nazorat tadbirlarining 198 tasida 43,3 mlrd.soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020-yil 1-chorakka (9,4 mlrd.soʻm) nisbatan qonunbuzilish holatlari 4,6-martaga oshgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimida oʻtkazilgan 275 ta nazorat tadbirlarining 212 tasida 23,3 mlrd.soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020-yil 1-chorakka (7,9 mlrd.soʻm) nisbatan qonunbuzilish holatlari 2,9-martaga oshgan.

Maktabgacha taʼlim vazirligi tizimida oʻtkazilgan 289 ta nazorat tadbirlarining 242 tasida 41,2 mlrd.soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 2020-yil 1-chorakka (5,4 mlrd.soʻm) nisbatan qonunbuzilish holatlari 7,6-martaga oshgan.

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimida oʻtkazilgan 116 ta nazorat tadbirlarining 111 tasida 22,4 mlrd.soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020-yil 1-chorakda 135,4 mln.soʻmlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tizimida oʻtkazilgan 42 ta nazorat tadbirlarining 36 tasida 16,1 mlrd.soʻm miqdorida qonunbuzilish holatlari aniqlangan (2020-yil 1-chorakda 767 mln.soʻmlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan).

Shuningdek, Qishloq xoʻjaligi (3,3 mlrd.soʻm), Jismoniy tarbiya va sport (3 mlrd.soʻm), Bandlik va mehnat munosabatlari (2,7 mlrd.soʻm), Suv xoʻjaligi (2,5 mlrd.soʻm), Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi (2,2 mlrd.soʻm) vazirliklari, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (2,7 mlrd.soʻm) va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?